Buvayda tumani
Buvayda tumani — Fargʻona viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. 1959-yil 14-dekabrda tugatilib, uning hududi Uchkoʻprik va Bagʻdod tumanlariga qoʻshib yuborilgan. 1973-yil 26-dekabrda qayta tuzildi. Tuman hududi Qoʻqon shahridandan shimolroqda joylashgan. Buvayda tumani viloyatning Bagʻdod, Uchkoʻprik, Dangʻara, Oltiariq tumanlari, Namangan viloyatining Pop tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,28 ming km2. Aholisi 173,6 ming kishidan ziyod (2011). Buvayda tumanida 11 qishloq fuqarolari yigʻini bor. Markazi — Ibrat (Yangiqoʻrgʻon) qishlogʻi. Buvayda nomi Bibiubayda nomidan olingan
Read article